Rasman: "Manchester Yunayted" Marsyalni "Sevilya"ga mavsum oxirigacha ijaraga berdi

Оқил Абдубарноев
26 yanv 2022, 06:12
"Sevilya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

26 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha ispan jamoasiga ijara asosida o'tdi.

Avval xabar qilinganidek, kelishuv Andalusiya klubiga 5 million evroga tushgan.

Marsyal "Sevilya"da 22-raqamda o'ynaydi. Futbolchining taqdimoti 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Hujumchi joriy mavsumda Premer-ligada 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: sevillafc.es