

Markaziy himoyachi bilan shartnoma uzaytirilmaydi.

31 yoshli Stounz - "Siti"ning oxirgi ulug' faxriysi. Unda APLning 6 ta chempionlik tituli bor. Jon mankunianlar safida 2013 yildan beri o'ynab keladi. Klub u uchun "Everton"ga 47,5 mln funt to'lagandi.
Stounz joriy mavsum jarohat tufayli bor-yo'g'i 16 o'yinda qatnashdi va boshlang'ich tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Transfermarkt uni 15 million evroga baholagan. Himoyachining yangi jamoa uchun rejalari hali noma'lum.



