Rasman. Aleksis Sanches “Manchester Yunayted” futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018
“Manchester Yunayted” klubi rasmiy sayti endilikda “Arsenal”ning sobiq hujumchisi Aleksis Sanchesning “Old Trafford”ga ko'chib o'tganini tasdiqladi.

“MYU” Sanchesning o'rniga “Arsenal”ga o'z yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni berdi. Sanches 2014 yilning 10 iyulida “Barselona”da Londonning “Arsenal” klubiga ko'chib o'tgan edi. 

Chili terma jamoasi yetakchisi “kanonirlar” bilan birga Angliyada 5ta sovrin qo'lga kiritdi. U ikki bor Angliya Kubogi, uch marotaba esa Superkubok sohibiga aylandi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: