Rasman: AGMK transfer oynasining oxirgi daqiqalarida "Paxtakor" futbolchisini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
6 avg 2019, 00:15
6 avgust kuni rasman O'zPFL tomonidan transferlar oynasi yopildi.

AGMK dedlaynning so'nggi lahzalarida Paxtakor yarim himoyachisi Jasurbek Yaxshiboev bilan shartnoma imzoladi. U ijara asosida olmaliqliklar safida harakat qiladi.

Yaxshiboev O'zbekiston U-20 hamda Olimpiya termalarida ham muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan.

U o'tgan yili Xitoyda o'tkazilgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати