Rangnik - APLdagi debyut o'yinda g'alaba qozongan dastlabki nemis murabbiyi

Aslanov Jasurbek
5 dek 2021
"Manchester Yunayted" Angliya chempionatining 15-turida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi (1:0).

Bu o'yin mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik uchun debyut bo'ldi.

U Premer-liga tarixidagi ilk o'yinida g'alaba qozongan birinchi nemis murabbiyiga aylandi.

Ilgari uning besh nafar hamyurti buni uddalay olmagandi: Feliks Magat, Yurgen Klopp, Yan Zivert, Daniel Farke va Tomas Tuxel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports