Raneri "Nant"ni tark etishi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
17 may 2018, 15:57
"Nant" egasi Valdemar Kitaning xabariga ko'ra, jamoani boshqarayotgan Klaudio Raneri ushbu mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etadi.

"Hech nimani yashirmayman. Kecha tunda homiylar va bosh murabbiy bilan uchrashdik va bosh murabbiyga qilgan mehnati uchun minnatdorlik bildirdik", - dedi Kita.

Oldinroq Raneri rahbariyat bilan janjallashib qolgani uchun jamoani tark etmoqchi bo'lib yurgani borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe