"Man Siti" Echeverrini mavsum oxirigacha "Jirona"ga ijaraga berdi. Xavbekning "Bayer"dagi ijara muddati muddatidan oldin to'xtatildi

Alisher Ostonov
18 yanv 2026
Klaudio Echeverri 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Jirona"ga o'tdi.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi mavsumning birinchi qismini "Bayer"da o'tkazganidan so'ng, hamkor klub safiga qo'shildi. Futbolchining Bundesliga jamoasiga ijarasi muddatidan oldin to'xtatildi.

Argentinalik futbolchi 2024 yilning yanvarida "shaharliklar" bilan shartnoma imzolagan, shundan so'ng 2025 yilning fevraligacha "River Pleyt"da ijarada qolgandi.

Echeverri mankunianliklar safida uchta o'yin o'tkazgan va "Bayer" safida 11 ta o'yinda maydonga tushgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: mancity.com