“Qo'qon-1912” Bahrom Hakimovni tabriklaydi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2015
Qo'qonlik futbol mutaxassisi Bahrom Hakimovni tanimagan futbol ishqibozi bo'lmasa kerak. Murabbiylik faoliyati davomida o'zidan yaxshi nom qoldirgan Bahrom Mamajonovich yaqinda 60 yoshini qarshi oldi.
1992 yili Qo'qonning “Temiryo'lchi” jamoasini boshqargan Hakimov keyinchalik MHSK, “Andijon”, “Nasaf”, “Dinamo”, “To'palang”, “Sho'rtan”, “Xorazm”, “Alanga” va “UzDongJu” kabi jamoalarida ham faoliyat olib bordi. Bahrom Mamajonovich murabbiylik davrida Qo'qondan ko'plab iqtidorli futbolchilarni, xususan No'mon Hasanov, Rustam Abdullaev, Shuhrat Rahmonqulov, Muxtor Qurbonov hamda Baxtiyor Ashurmatov kabi o'yinchilarni katta futbolda kashf etgani bilan hamon ko'pchilikni yodida.

Shuningdek Hakimov 2000 yili O'zbekistonning “Eng yaxshi murabbiyi” nomiga sazovor bo'lgan!

Shu fursatdan foydalanib Bahrom Mamajonovichni ushbu qutlug' kunda biz ko'psonli o'zbek futboli muxlislari, yaqinlari, qadrdonlari va “Qo'qon-1912” futbol klubi nomidan tabriklaymiz!

Yubilyarimizga, uzoq-umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz! Bahrom Mamajonovich Sizning Qo'qon futboli ravnaqi yo'lida qilgan mexnatlaringizni jamoamiz hech qachon unutmaydi va doimo qadrlaydi!

Sizga yana bir bor Yaratgandan sog'liq so'rab, kelgusida ham mana shunday yubiley to'ylaringizni nishonlashni niyat qilamiz!

“Qo'qon-1912” futbol klubi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz