PSJ Donnarummani transfer qilib, uni A Seriyaning boshqa klubiga ijaraga bermoqchi

Eldor Akmurzayev
8 iyun 2021, 20:57
“Milan” kiperi Jiji Donnarumma PSJga o'tishga yaqin turibdi.

22 yoshli darvozabon va uning agenti Mino Rayola yangi shartnoma borasida “rossonerilar” bilan kelisholamadi. PSJ ustozi Maurisio Pochettino esa jamoaning asosiy posboni sifatida Keylor Navasni ko'rmoqda. Shuningdek, parijliklar “Fulxem”dan ijaradan qaytadigan Alfons Areolyaga yangi jamoa izlashi kerak bo'ladi.

L'Equipe manbasiga ko'ra, PSJ Donnarumani o'z safiga qo'shib olganidan keyin, o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni ijaraga berib yubormoqchi. Potencial variant sifatida Joze Mourinyu boshqaruvidagi “Roma” hisoblanmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L'Equipe