PSJ "Ayntraxt" futbolchisi uchun MYU va "Bavariya" bilan kurashadi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2023, 00:21
PSJ Randal Kolo Muani uchun Yevropa grand klublari bilan kurashishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, parijliklar prezidenti Nosir Al Helayfi, sport ishlari bo'yicha maslahatchi Luish Kampush va hujumchi Kilian Mbappe jamoada "Ayntraxt" forvardini ko'rishmoqchi.

Kolo-Muani PSJning sport loyihasini ko'rib chiqishga tayyor, ammo bir vaqtning o'zida u APLda o'ynashga qiziqmoqda.

Futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" qiziqish bildiryapti.

Fransiyalik so'nggi mavsum Bundesliganing 32ta uchrashuvida 15ta gol urib, 11ta golli pas bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Get French Football News