

"Arsenal" hozirda uchinchi yoki to'rtinchi o'rinda ekanligini bilaman. Lekin menimcha ular kuchsizlangandek. Biz "Arsenal"ga qarshi o'ynaganimizda ular haqiqatdan ham jiddiy va kuchli raqib edi. Hozir esa ularga qarshi zich o'ynashni o'zi kifoya va sen ularni yutasan. Jek Uilsher haqida shuni aytish mumkinki, u 17 yoshidan so'ng hech qanday o'sishga erishmadi. U avvalida top o'yinchidek yetishib chiqayotgan edi. Ammo amalda bunday bo'lib chiqmadi. Uning oldida Vieyra kabi futbolchilar bo'lganida, Uilsher uchun bu foyda bo'lardi.



