Pol Skoulz kechagi g'alabadan so'ng MYUni tanqid qildi

Alisher
25 okt 2019, 13:14
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoadagi holat haqida gapirdi.

"Jamoaga haqiqatdan ham ijodkorlik yetishmayapti. Jamoada nafaqat kesuvchi paslarni beradigan, balki gollar uradigan haqiqiy "10-raqam" yo'q.

Shuningdek, o'yinda to'pni orqaroqdan olib hujumga muvaffaqiyatli tarzda etkaza oladigan futbolchi yetishmayotgandir.

Ammo, ko'proq "10-raqam" kerak deb o'ylayman. Hozirgi hujumchilar uncha yaxshimas", - deydi Skoulz.

MYU APLdagi 9 turdan so'ng jadvalda 14-o'rinda bormoqda.

Eslatib o'tamiz, MYU kecha Yevropa Ligasi 3-tur doirasida "Partizan" (1:0)ni penaltidan urilgan gol hisobida mag'lub etdi.


AlisherMuallif
Manba: BT Sport