Pogbaning sartaroshi Ronaldu va Messining soch turmaklarini tanqid qildi

Alisher
5 okt 2019
"Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbaning sartaroshi Axmed Alsanavi Messi va Ronalduning soch turmaklarini tanqid qildi.

"Lionel va Krishtianuning sochlariga turmak qilishni xohlayman. Axir buni kim xohlamaydi deysiz. Men ularning sartaroshlarini hurmat qilmayman.

Bu shunchaki dahshat. Menga ularning bunday soch turmakda yurishlari yoqmaydi. Ko'p odamlar: "Bu soch turmagi qanaqa? deb so'rashadi.

Messi va Ronalduni muntazam ravishda televizorda ko'rsatishadi va ularni millionlab odamlar kuzatishadi. Soch boshingizga kiyadigan tojingizdir", - deydi sartarosh.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SunSport