Pogba irqchilikka qarshi

Mirjalol Normatov
27 dek 2019
"Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba irqchilikka qarshi chiqmoqda.

Fransiyalik futbolchi "Nyukasl"ga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotlarda jamoadoshlaridan qo'llariga "Say no to racism" yozuvli brasletlar taqib olishini so'ragan.

"Ha, bu mening g'oyam edi. Buni UEFA yoki FIFAdan so'rashni istamadim va jamoadoshlarimdan talab qildim. Odamlar shunday ishlardan keyin nimalarnidir tushunishlari kerak.

Irqchilik - eng yomon illat. Dunyodagi barcha odamlar birlashishi kerak. Barchamiz bir xilmiz", - dedi Pogba.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telegraph