Pisarro "Bavariya"ga qaytdi

Mirjalol Normatov
16 sen 2020
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Klaudio Pisarro Myunxen jamoasiga qaytdi

Sobiq futbolchi klubning elchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi. U ushbu lavozimda ishlayotgan Lotar Matteus, Jovanni Elber hamda Bishente Lizarazyu bilan birgalikda ishlaydi.

Pisarro kichik uzilishlar bilan 9 yil davomida "Bavariya" tarkibida o'ynadi. Jamoa bilan birga u 6 marta Germaniya chempionligiga erishdi. Perulik, shuningdek, Germaniya Superkubogi, Kubogi, YCHL, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCH sovrinini ham ko'lga kiritgandi.

2020 yilning iyulida esa faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcbayernde