PFL kubogi uchun badal puli 800 mingdan 2 milliongacha

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2014, 11:20
Bu yilgi PFL kubogi musobaqasi 5-20 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, bacha o'yinlar ikkita stadionda bo'lib o'tadi: "Chig'atoy" va O'FF qoshidagi sun'iy maydon.

PFL kubogida ishtirok etishni istagan klublar 31 yanvarga qadar ariza topshirishlari kerak. Jamoalar musoabaqa uchun 35tagacha futbolchini ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin.

Oliy liga klubi PFL kubogida qatnashish uchun 1,5 million badal puli to'lashi lozim. Birinchi liga klubi uchun badal puli miqdori 800 ming so'm etib belgilangan. Xorij klublaridan biri musobaqada ishtirok etishni istasa, PFL hisob-raqamiga 2 million so'm badal pulini o'tkazib berishi kerak bo'ladi.

Stadion va hakamlar uchun pullar PFL tomonidan to'lanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia