Petr Chex: Taqvim sababli g'alaba qozonish imkoniyatimiz pasayib ketadi

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2014, 08:49
Chelsi darvozaboni Petr Chex APL taqvimi haqida o'z fikrini aytib o'tdi.

So'nggi yillarda biz Chempionlar Ligasi musobaqasida Angliya koefficientlarini doimiy ravishda ko'tarib keldik. Lekin, primer-liga raxbariyatidan taqvim borasida biron-marta xam yordam olmadik.

Nemislar va italiyaliklar shunday vaqtlarda juma kuni o'yin o'tkazishadi. "Atletiko" xam yarim finalga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rish maqsadida juma kuni o'ynar ekan.

APL taqvimi "Chelsi"ning bu musobaqadagi imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. Bizdagi boshliqlar yevropalik xamkasblaridan o'rnak olsalar bo'lardi, – deb aytib o'tdi Chex.


Eslatib o'tamiz, Chelsi Atletikoga qarshi 22 va 30 aprel kunlari o'yin o'tkazadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru