Peter Shmeyxel: "Antoni hech nimani tushunmayapti"

Mirjalol Normatov
31 dek 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni Peter Shmeyxel yarim himoyachi Antonini tanqid qildi.

"Ten Xagga Antonining joyi borasida ko'proq o'ylashini istardim. U jamoa uchun juda kam narsa bermoqda va jamoadoshlarining jaxlini chiqaryapti.

Unda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, biroq u gol ham ura olmadi, assist ham amalga oshirmadi. U o'yinni tushunmayapti.

Vingyerdan kutiladigan narsalar juda ko'p: qanotdan yorib kirish, o'ng oyoqda ham yaxshi uzatishlar amalga oshirish. U harakat qilyapti, biroq tezlik yo'q, buni o'zi ham biladi.

Murabbiyning ko'rsatmalari qanday ekanligini bilmaymiz. Balki Antoni murabbiy so'rayotgan ishlarni qilayotgandir. Biroq uning gol va assist qayd etmagani - murabbiyning aybi", - dedi Shmeyxel.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SuperSport