Peres Rodrini "Real"ga sotib olmoqchi va shaxsan o'zi muzokara o'tkazishga tayyor

Alisher Ostonov
9 avg 2025, 12:52
Florentino Peres Rodrini "Real" safiga qo'shib olmoqchi.

Cadena SER xabariga ko'ra, madridliklar klubi prezidentining shaxsan o'zi "Manchester Siti" yarim himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralar olib borishga tayyor. Peres "Oltin to'p-2024" sohibini asosiy maqsad deb biladi va kerak bo'lsa, sport blokidagi menejerlarga tayanmasdan harakat qilish niyatida.

Rodrining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Cadena SER