Penaltilar statistikasi. "Paxtakor" bu yil 11 metrli jarima zarbasidan gol o'tkazmadi

30 noya 2021, 11:29
Superligada yana bir mavsumni orqada qoldirdik.

Endi chempionatimizda qayd etilgan bir qator qiziqarli raqamlar bilan tanishtirishni boshlaymiz. Dastlab, penaltilar...

Bu yil 11 metrlik jarima zarbalarini ishlash borasida "Lokomotiv"ning oldiga tushadigani bo'lmadi. "Temiryo'lchilar" jami 11 bor penalti tepib, ulardan 9 tasini golga aylantirishdi. Eng kam penaltini "Turon" hamda "Surxon" (3 tadan) tepgan bo'lsa ham, unumdorlik borasida eng yomon ko'rsatkichni Bekobodning "Metallurg" klubi qayd etdi.


klubPG%
1"Lokomotiv"11981,82
2"Paxtakor"99100
3"Bunyodkor"8787,5
4"Qizilqum"7342,86
5"Navbahor"5480
6"So'g'diyona"5360
7"Mashal"5360
8AGMK44100
9"Qo'qon-1912"44100
10"Nasaf"4375
11"Andijon"4250
12"Metallarg"4125
13"Turon"33100
14"Surxon"3266,67


11 metrlik jarima zarbalaridan eng ko'p aziyat chekkan Muborakning "Mashal" klubi bo'ldi. 2021 yilgi mavsumda faqat "Paxtakor"gina penaltidan gol o'tkazib yubormadi.


klubpg%
1"Mashal"9777,78
2"So'g'diyona"7571,43
3"Bunyodkor"7457,14
4"Turon"6583,33
5"Lokomotiv"6466,67
6"Qo'qon-1912"6466,67
7"Surxon"6466,67
8"Metallurg"55100
9AGMK5480
10"Andijon"5480
11"Nasaf"5360
12"Navbahor"44100
13"Qizilqum"44100
14"Paxtakor"100


Ma'lumot uchun, penaltini golga aylantirish borasida "sherlar" yetakchisi Dragan Cheran hamda "temiryo'lchi" Temurxo'ja Abduxoliqov birinchi bo'ldi. Ularning hisobida 11 metrlik nuqtadan urilgan 8 tadan gol bor.

Final qanday o'tdi?         


Manba: championat.asia