Temurxo'ja Abduxoliqov keladimi yoxud "Nasaf"da yangiliklar bo'ladi - Ro'ziqul Berdiev

Iskandarov Abdulaziz
27 dek 2021
O'zbekistonning 2021 yildagi "eng yaxshi murabbiyi" Ro'ziqul Berdiev taqdirlash marosimidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bilasizlar kubok musobaqasida g'olib chiqmaganimizga ancha bo'lgandi. Asosiy maqsadimiz muxlislarga qanday bo'lsa ham sovrin yutib berish edi. Buni amalga oshirganimizdan xursandman",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf"ning keyingi yilgi rejalari...

- Bosh rejamiz yoshlarga e'tibor qaratish. Bu yo'ldan qaytmaymiz.  Bundan tashqari mavsumni yaxshi yakunlash va o'rinlar uchun kurashish. 

- Klub Temurxo'ja Abduxoliqovga qiziqayotgani rostmi?

- Albatta. Bizga tajribali xujumchilar kerak. Chunki oldimizda xalqaro musobaqalar bor. Hozirda bor e'tiborimiz kuchli futbolchilarni taklif qilishga qaratilgan. 

- Jamoaning muxlislari bu yildan keyin yanada ko'p sovrinlar kutishadi. Balki kutilmagan sovg'alar bordir?

- Har doim o'yinimizni shakllantirishimiz kerak. OCHLda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Yangiliklar esa albatta bo'ladi. 

- O'zbekistonning "eng yaxshi murabbiyi" bo'lish uchun yana kimni munosib, deya olasiz?

- Masalan "So'g'diyona" bu yil yaxshi natijalar qayd etdi. Bunda Ulug'bek Baqoevning hissasi katta. Shuningdek Piter Xyuistra "Paxtakor"ni chempion qilishdan tashqari yoshlarga e'tibor qaratgani taxsinga loyiq.



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia