"Paxtakor": So'nggi nazorat bahsida yirik g'alaba

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2014
Ikkinchi davra oldidan so'nggi nazorat o'yinida "NBU-Osiyo" bilan maydonga tushgan "Paxtakor" 6:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv mobaynida jamoalar saviyasi o'rtasidagi farq yaqqol sezilib turdi. Birinchi bo'limda Andreev hisobni ochgan bo'lsa, Sergeev dubli bilan hisobni yiriklashtirdi. Bo'lim oxirida tomonlar bittadan penalti tepishdi. Raqibdan Nikolaevning zarbasini Lobanov qaytardi. Maxaradze esa imkoniyatdan unumli foydalandi.

Ikkinchi bo'limda tarkibga o'zgarishlar qilindi. Sohibov va Pardaev tomonidan kiritilgan to'plar hisobni yanada yiriklashtirdi. Endi "Paxtakor" 3 avgust kuni ikkinchi davra bahsini "Andijon" bilan uchrashuvdan boshlaydi.

"Paxtakor" - "NBU-Osiyo" - 6:0 (4:0)

"Paxtakor": Lobanov (Ribkin, 46), Merzlyakov (Rogovanov, 46), Krimec (Ubaydullaev, 46), Boltaboev (Ib.Abdullaev, 46; Tursunboev, 66), Hoshimov (Otaxonov, 46), Maxaradze (Qilichev, 46), Ismatullaev (Iskanderov, 46), Andreev (Masharipov, 46), Karimov (Ibrohimov, 46), Kozak (Sohibov, 32), Sergeev (Pardaev, 46).

Gollar: Andreev 3, Sergeev 10, 20. Maxaradze, 45+5-pen. Sohibov, 73. Pardaev, 78-pen.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: pakhtakor.uz