Superliga. "Mashal" avtogol tufayli "Xorazm"ga yutqazib qo'ydi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 8-tur

"Mashal" - "Xorazm" 0:1

18.04.2026. G'uzor, “Sho'rtan“ stadioni. 19:00

Hakamlar: Akobirxo'ja Shukurullaev, Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzaqov, Umidjon Nutfulloev

VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR hakami: Nasibabonu Toshmuhamedova

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Oybek Davletmurodov

Gol: Vlatko Stoyanovskiy 84 avtogol, - 0:1.

"Mashal": 35. Doston To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov, 9. Ibrohim G'anixonov (7. Vlatko Stoyanovskiy, 46), 13. Nuriddin Nuriddinov (5. Samandar Ochilov, 77), 14. Abdul Rashid Abubakar (8. Sardor Abduraimov, 82), 15. Muhammadali Aliqulov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 34. Shahboz Jo'raev, 37. Sherzod Fayziev, 45. Suhrobjon Parmonqulov, 97. Augustin Chidi

Zaxira: 1. Azamat Soyibov, 3. Asan Vaniev, 28. Ergash Ismoilov, 38. Sunnatulla Yarashev, 69. Roman Xajiev, 99. Rafael Ayagva

"Xorazm": 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Abbosjon Otaxonov, 8. Nodirbek Abduxaliqov (17. Danil Nugmanov, 69), 10. Yannis Leri (79. Azizjon Ahrorov, 69), 13. Elzio Lohan (9. Jasurbek Azimov, 88), 15. Diyorbek Ortiqboev, 22. Sunnatulloh Hamidjonov, 25. Matiya Rom, 55. Azizbek Pirmuhammadov, 94. Rustamjon Abduhamidov (11. Danila Ejov, 88), 97. Bubakar Traore (7. Temurbek Ismailov, 90)

Zaxira: 33. Nikola Stoshich, 6. Shoxjahon Sultonmurodov, 80. Farruhjon Ibrohimov, 88. Abror Xo'sinov

Ogohlantirishlar: Bubakar Traore 80,

90+4. O'yin tugadi. “Mashal“ - “Xorazm“ 0:1.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi

90. O'zgarish. “Xorazm“. Traore o'rniga Ismoilov tushdi

88. O'zgarishlar. “Xorazm“. Lohan va Abduhamidov o'rniga Azimov va Ejov tushdi

84. GOL! 0:1. Burchak to'pidan keyin Hamidjonov boshi bilan darvoza tomon zarba berdi, Stoyanovskiy kutilmaganda to'pni boshi bilan o'z darvozasiga to'g'rilab qo'ydi! Avtogol

82. O'zgarish. “Mashal“. Abubakar o'rniga Abduraimov tushdi

81. ZARBAA! Akramovning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Stoyanovskiy boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

77. O'zgarish. “Mashal“. Nuriddinov o'rniga Ochilov tushdi

73. Ikki daqiqa ichida “Mashal” darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratildi, ikkala vaziyatda ham To'xtaboev to'pni ushlab oldi

71. ZARBA! Stoyanovskiyning zarbasidan keyin Muhammadjonov to'pni ushlab oldi! Ajoyib seyv

69. O'zgarishlar. “Xorazm“. Leri va Abduxaliqov o'rniga Ahrorov va Nugumanov tushdi

65. ZARBA! Nuriddinovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin ham Mashhurjon to'pni qaytradi!

62. ZARBAAA! Nuriddinovning kuchli zarbasi aniq va kuchli chiqdi, Muhammadjonovdan ajoyib seyv!

56. Zarba! Nuriddinovning zarbasidan keyin Muhammadjonov to'pni egallab oldi!

53. ZARBA! Chidining to'p uzatishidan keyin Stoyanovskiy birga bir vaziyatda noaniq zarba berdi

52. ZARBA! Burchakdan uzatilgan to'pni Stoyanovskiy boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq

46. Ikkinchi taym boshlandi.

46. O'zgarish. “Mashal“. G'anixonov o'rniga Stoyanovskiy tushdi

45+2. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:0

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

35. ZARBAAAA! Lerining to'p uzatishidan keyin Traore jarima maydoni ichiga kirib zarba berdi, To'xtaboevdan seyv!

25. UXXXX! Darvoza ustuni! Lohanning to'p uzatishidan keyin Yanis Leri zarba berdi, to'p ustunga tegib qaytdi!

16. Zarba! Abubakarning zarbasi noaniq ketdi

10. Zarba! Ortiqboevning zarbasidan keyin yana To'xtaboev to'pni ushlab oldi

8. Traorening o'ng qanotdan havodan uzatgan to'pini To'xtaboev ushlab oldi

5. G'anixonov shikastlandi, unga shifokorlar yordam berishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 19:00da boshlanadi.


Manba: championat.asia