"Paxtakor" so'nggi bor Qo'qonda qachon g'alaba qozongan?

Sherzod Nurmatov
3 mar 2026, 17:42
Startdagi ovi baroridan kelgan "sherlar" ikkinchi turda Qo'qonga boradi.

"Paxtakor" mavsumning navbatdagi o'yinini "Qo'qon-1912"ga qarshi safarda o'tkazadi. Jamoalarning Qo'qondagi oxirgi bahslari murosasiz kechmoqda. Toshkent klubi so'nggi 3 yilda mezbonlardan ustun kelishda muammolarga duch kelyapti. Jamoaning mehmondagi oxirgi g'alabasi 2020 yil qo'lga kiritilgan. Keyingi qarama-qarshiliklarda 2 ta durang, 1 ta maydon egalarining ustunligini ko'rishimiz mumkin. 

16.12.2020. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:3

01.10.2021. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 4:2

18.05.2022. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 1:1

08.11.2025. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:0

Mazkur uchrashuv ertaga Qo'qondagi "Markaziy" stadionida 18:45 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia