

- O'yin haqida fikringiz?
- "Metallurg"ni g'alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarimiz bir soat yaxshi harakat qilishdi, shundan so'ng kuch etmay qoldi. Umuman olganda jamoamiz o'yinidan qoniqdim. Kamchiliklar ustida ishlaymiz va keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.
- Jamoangizning jismoniy holati qanday? Kuch faqat 70 daqiqaga etyapti degan fikrga qo'shilasizmi?
- Menimcha, yana ikki-uch turdan so'ng to'liq optimal formada bo'lamiz. Shundan so'ng bemalol 90 daqiqa o'ynay olamiz. Hozircha 90 daqiqaga tayyor emasdirmiz. Bu borada ko'proq ish olib boramiz.
- Yoshlarni "Metallurg" kabi kuchli jamoaga qarshi tayyorlashda "Paxtakor farm" murabbiylar shtabi qanday qiyinchilarga duch kelmoqda?
- Biz har yil bir pog'ona yuqoriga o'sib kelyapmiz. Uch yil oldin shu futbolchilar "Paxtakor" U-19 jamoasida o'ynardi. O'tgan yil Birinchi ligada qatnashdik, mana bu yil Proligadamiz. Futbolchilar harakatida o'sishni ko'ryapmiz. Qolaversa Proliga ham kuchaygan. Birinchi davradan so'ng boshqa jamoa bo'lamiz. Shunda kuchli klublarga qarshi bemalol o'ynaymiz.



