O'zbekiston U-21 - Rossiya U-21 o'rtoqlik uchrashuvi 30 daqiqa kechroq boshlanadi

Narzulla Saydullayev
22 may 2017
O'zbekiston U-21 terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Rossiya U-21 termasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur bellashuv Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida bo'lib o'tishi va 18:00 da boshlanishi ko'zda tutilgan edi. Mamlakatdagi issiq ob-havo tufayli rossiyaliklar o'yinni yarim soat keyinroq o'tkazish taklifi bilan chiqdi va ularning taklifi qanoatlantirildi.

Shunday qilib,  O'zbekiston U-21 – Rossiya U-21 uchrashuvi Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:30 da boshlanishi belgilandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com