O'zbekiston U-14 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada 6-o'rinni egalladi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2018, 12:29
O'zbekiston U-14 terma jamoasi Xitoyning Uxan shahrida tashkil qilinayotgan xalqaro musobaqada so'nggi o'yinini o'tkazdi.

Janubiy Koreya  U-14 terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan bahsda terma jamoamiz 0-2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra ushbu o'yin 5 va 6-o'rin egalarini aniqlab berishi kerak edi. O'yinda g'alaba qozongan Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqada 5-o'rinni egallagan bo'lsa, o'yinda mag'lubiyatga uchragan Azamat Abduraimov shogirdlariga 6-o'rin nasib qildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz