

Kecha Misrni 2:0 hisobida mag'lub etgan terma jamoamiz Dubaydagi "Al Shabab Al Arabi" stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Unda kechagi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 90-daqiqada Farruh Sayfievga almashtirilgan Hojiakbar Alijonov ishtirok etmadi. Hozircha himoyachi nima uchun mashg'ulotda qatnashmagani ma'lum emas.




