O'zbekiston - Eron o'yinini Benjamin Uilyams boshqaradi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016
Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, “A” guruhi bahslari doirasidagi O'zbekiston – Eron uchrashuvini avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Ushbu o'yinni boshqarish uchun bosh hakam sifatida FIFA tomonidan Benjamin Jon Uilyams tayinlangan.

6 oktyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu o'yinda Uilyamsga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To'rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

BU uchrashuv uchun hakamlar nazoratchisi sifatida Birlashgan Arab Amirliklaridan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo'lsa, uchrashuv komissari – falastinlik Jebril Ali.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com