O'zbekiston 4-savatchada. Bizning guruhda Marokash, Vetnam, AQSH, Angola va Venesuela aniq bo'lmaydi

Xayrulla Xoliqov
27 may 2021, 15:57
Shu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Litvada futzal bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada jami 24 terma jamoa ishtirok etadi va jamoalar 4tadan 6 guruhga bo'linadi. 1 iyun kuni futzal bo'yicha jahon chempionatining guruh bahslariga qur'a tashlanadi, yani shu kuni O'zbekiston futzal terma jamoasi ham o'zining raqiblarini bilib oladi. 

Qur'adan avval barcha ishtrokchi jamoalar 6tadan 4ta savatchaga bo'lib chiqildi. O'zbekiston terma jamoasi oxirgi 4-savatchadan joy oldi. Bu degani futzal terma jamoamiz 4-savatchadagi jamoalar bilan bir guruhdan joy olmaydi. 

1-savatcha: Litva (mezbon), Braziliya, Ispaniya, Argentina (amaldagi chempion), Portugaliya, Rossiya.

2-savatcha: Eron, Paragvay, Misr, Kosta-Rika, Tailand, Chexiya. 

3-savatcha: Solomon orollari, Yaponiya, Guatemala, Qozog'iston, Serbiya, Panama.

4-savatcha: O'zbekiston, Angola, Marokash, Venesuela, AQSH, Vetnam. 


Sizningcha, O'zbekistonning guruhdagi raqiblari qaysi jamoalar bo'lgani maqul?


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia