"Navbahor" o'rtoqlik uchrashuvida "Andijon"ni mag'lub etdi. Namanganliklar tarkibida afrikalik legioner maydonga tushdi

Aslanov Jasurbek
13 yanv 2021, 13:50
Bugun Namangandagi "Yosh kuch" o'yingohida "Navbahor" va"Andijon" jamoalari o'rtoqlik uchrashuvida kuch sinashishdi.

Bugun "Navbahor" jamoasi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida o'z maydonida "Andijon"ni qabul qildi. Uchrashuv tengkurashlar ostida kechdi, bir necha vaziyatlarda andijonliklar darvozaboni Jasur Umrzoqov muqarrar gollardan qutqargan bo'lsa, yana ayrim vaziyatlarda "lochinlar" to'pni darvozaga yo'llashda adashishdi. 90-daqiqada Orifjon Yusupov tomonidan urilgan gol o'yin taqdirini hal qildi va "Navbahor" kichik 1:0 hisobida g'alabani tantana qildi. 

Ikkinchi bo'limda  "Navbahor" tarkibidagi barcha futbolchilar zaxiraga olindi va yosh futbolchilar maydonga tushirildi. Shuningdek, afrikalik legioner futbolchi Samuel Irie ham o'yinning 35-daqiqasida maydonga tushirildi va 70-daqiqada yana zaxiraga olindi. Ikki nafar serbiyalik futbolchilar esa maydonga tushmadi.

Mazkur bahsni Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham bevosita stadiondan kuzatib bordi.


O'rtoqlik uchrashuvi.

"NAVBAHOR" – "ANDIJON" 1:0 
13 yanvar 2021 yil. Namangan. "Yosh kuch" stadioni. 150 tomoshabin

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Maksim Nexochin, Abdurahim Jabborov. 

Gol: Orifjon Yusupov 90

"Andijon": Jasur Umirzoqov, Mirkomil Lokaev, Kamron Najafaliev, Usmonali Ismonaliev, Sunnat Turg'unboev, Baxtiyor Qosimov, Muhammadkarim Toirov, Kamron Saidazimov, Farxod Soxibjonov, Sunnatilla Mamadaliev, Jamshid Homidov

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Igor Golban, Azim Ahmedov, Davron Hoshimov, Aziz Turunboev, Mirzohid G'ofurov, Zabihillo O'rinboev, Islom Rashidxonov, Ivan Solovyov, Sardor Telyakov, Ehsoni Panchshanbe

Fotosuratlar: "Navbahor" matbuot xizmati



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia