

Joriy mavsum 2ta o'yinda maydonga tushgan yarim himoyachi endi oramizda yo'q.
Bizga ma'lum qilishlaricha, futbolchi oshqozon kasali bilan og'rigan.
Uning oila a'zolariga taziya bildiramiz.
Shadrinning faoliyatidagi so'nggi o'yini "Nasaf"ga qarshi bo'ldi. Shu o'yinning 13-daqiqasida aynan uning pasidan keyin Ibrohim Rahimov raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi.
Sen futbol tarixida abadiy qolasan, aynan sening yagona goling, O'zbekiston milliy terma jamoasini Yaponiyadagi g'alabasini taminlagan edi.



