OKMK "Navbahor" futbolchisi bilan "2+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
20 fev 2026, 22:51
OKMK mabuot xizmati Rian Islamovning "Navbahor"dan tarkibiga qo'shib olinganini ma'lum qildi.

"OKMK FK tarkibni saviyali legionerlar bilan kuchaytirish barobarida, mahalliylashtirish va jamoani istedodli yoshlar bilan to'ldirishda ham davom etadi. OKMK FK va Rian Islomov o'rtasida uzoq muddatli rejalar ko'zlagan holda, "2+1" sxemasi bo'yicha shartnoma imzolandi.

2004 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida "Metallurg", "Olimpik" va "Navbahor" klublari safida jami 32 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta assist yozdirib qo'ygan.

O'z navbatida shuni ham alohida takidlash joizki, iqtidorli yarim himoyachi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida xalqaro maydonlarda ham samarali harakat qilgan. Rian AFC U-20 Osiyo Kubogi saralash bahslarida 4 ta rasmiy uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga rasmiylashtirishga erishgan.

Bir so'z bilan aytganda, Rian Islomovning tarkibga jalb etilishi klubimizning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga to'la mos keladi. Bu orqali biz nafaqat o'rta chiziqdagi kreativlikni oshiramiz, balki OKMK FKning kelajakdagi g'alabalari uchun mustahkam iqtidorlar zaxirasini shakllantirishda davom etamiz", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати