Ofsaydni aniqlashning yarim avtomatik tizimi Angliya futboliga ham kirib bormoqda

Mirjalol Normatov
13 fev 2025, 22:13
Angliya futboliga yana bir katta texnologiya kiritiladi.

Gap ofsaydni aniqlashning yarim avtomatik tizimi haqida ketmoqda.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, tizim Angliya Kubogining 5-bosqichida test rejimida ishlaydi. Keyinchalik bu tizim APLga ham olib o'tiladi. Hozircha APLda aynan qaysi turdan bu tizim ishlatilishi borasida ma'lumot yo'q, lekin ushbu mavsum yakuniga qadar ishlashi ehtimoli katta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/eurofootcom