

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Xalqaro futbol associaciyalari kengashi (IFAB) Londonning "Arsenal" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Arsen Vengerning tavsiyalariga muvofiq ofsayd qoidalarini o'zgartirishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Ofsaydning yangi qoidasiga ko'ra, futbolchi faqat butun tanasi bilan oxirgi himoyachidan o'tib ketgan holatdagina o'yindan tashqari holatda deb hisoblanadi.
Manbaning ma'lum qilishicha, IFAB 20 yanvar kuni Londonda bo'lib o'tadigan yillik yig'ilishda Vengerning taklifini ko'rib chiqadi. Fevral oyida esa bu taklif Bosh Assambleyaga taqdim etiladi. Agar taklif maqullansa, ofsaydning yangi qoidalarini 2026/2027 yilgi mavsumda joriy etishga harakat qilinadi.
Venger 2019 yildan beri FIFAda rivojlanish bo'yicha direktor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.



