

Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Manbaning takidlashicha, UEFA bu islohotni haddan tashqari radikal deb hisoblaydi. Tashkilot fikricha, bu o'zgarish jamoalarning taktikasini sezilarli darajada himoyaviy uslubga o'zgartirib yuborishi mumkin.
Buning o'rniga UEFA murosali variant taklif qilishga tayyor: unga ko'ra "o'yindan tashqari holat" oyoq yoki bosh bilan emas, balki faqat tana (korpus) bo'yicha hisoblanishi kerak. Takidlanishicha, yakuniy qaror 2026 yilgi Jahon chempionatiga qadar qabul qilinmaydi. Katta ehtimol bilan, qoidani o'zgartirish bo'yicha ovoz berish jarayoni quyi ligalardagi qo'shimcha testlardan so'ng bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Venger ofsaydi"ga ko'ra, agar futbolchining faqatgina butun tanasi oxirgi himoyachidan oldinga o'tib ketgan bo'lsagina ofsayd qayd etilishi ko'zda tutilgan.



