Odil Ahmedov: "Eldor Shomurodovda tug'ma qobiliyat bor"

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 09:07
Kuni kecha ProSports Management kompaniyasi bilan shartnoma tuzgan Eldor Shomurodov haqida Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

Eldor – ajoyib va oddiy yigit. U qobiliyati bilan ko'plab futbolchilar orasida ajralib turadi. Unda tug'ma qobiliyat borligi ko'rinib turibdi – u ko'p gol uradi, O'zbekiston chempionati to'purarlari poygasida kurashmoqda. Terma jamoadagi har bir o'yinda muhim o'rin tutmoqda. Yaqin orada yurtimizda yangi yulduz paydo bo'lishiga ishonaman, - deydi Krasnodar futbolchisi Odil Ahmedov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com