Nyu-York Siti 16 mingta abonement sotdi

Narzulla Saydullayev
7 apr 2015
Nyu-York Siti klubi yangi mavsum uchun 16 mingta abonement sotib bo'ldi.
Xarid qilgan insonlarning 60 foizi oldin hech bir sport turi bo'yicha abonement sotib olmagan ekan.

Klub chempionatda ilk bor ishtirok etmoqda. Jamoa a'zosi Frenk Lempard hozircha Manchester Sitida ijarada o'ynamoqda.

Nyu-York Siti to'rtta o'yin o'tkazib bitta g'alabaga erishdi. Ikki bor durang o'ynadi va bir marta mag'lub bo'ldi.

Siti hujumchisi David Vilya hisobida bitta gol bor.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru