Noyabr oyida KXDR xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
9 okt 2014, 13:15
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi-2015da guruhdagi raqibi KXDR noyabr oyida Xitoy Taypeidagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Ushbu musoabqada KXDR Gonkong (12 noyabr), Guam (15 noyabr) va Xitoy Taypei (18 noyabr) kabi jamoalarga qarshi o'ynaydi. Bundan oldin koreyslar 6 noyabrda Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

OK-2015da O'zbekiston va KXDR terma jamoalari 1-turdayoq to'qnash kelishadi. Bu bahs 10 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Ushbu jamoalardan tashqari B guruhida Xitoy va Saudiya Arabistoni kabi jamoalar joy olishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com