Nosir Al Helayfi Ronalduning PSJga transferi haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
7 dek 2022, 12:54
Ronalduni PSJda ko'rmaymiz chog'i.

"Pari Sen-Jermen" klubi prezidenti Nosir Al Helayfi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi ehtimolini deyarli yo'qqa chiqardi.



Jurnalistlarning bu boradagi savoliga Xelaifi quyidagicha javob berdi:

"Bizda Messi, Neymar va Mbappe bor. Shuning uchun Krishtianuning transferi o'ta qiyin vazifa. Biroq men unga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman. U hamon eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib qolmoqda".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru