Nematullo Qutiboev: "Markaziy zonada xatolar ko'p bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
26 apr 2026, 22:08
Proliganing 5-turidan o'rin olgan "Aral" – "FarDU" (2:0) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematullo Qutiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Bugungi o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

– Umuman olganda, juda qiziqarli o'yin bo'ldi. O'z maydonimizda Farg'onaning yaxshi shakllangan jamoasiga qarshi to'p tepdik. Bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

– Bugungi qiyin kechgan o'yinda futbolchilarning so'nggi daqiqalardagi koncentraciyasi qay darajada bo'ldi?

– Almashtirishlarni ko'rgan bo'lsangiz, ikkinchi bo'lim og'ir o'tdi. Markaziy zonada xatolar ko'p bo'ldi. FarDUning vaziyatlari ancha xavfli tus oldi.

– Mark Krasnov bugun o'yinga qo'shilmadi. Bunga qandaydir sabab bormi? U keyingi o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

– Yo'q, u tayyor emasdi. Kecha o'zi kelib, 10-15 daqiqaga tayyorman, deb aytgan edi. Bugun ko'rdingiz, yakkama-yakka vaziyatda pas berdi. Markka rahmat aytmoqchiman.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia