"Neftchi" – "Navbahor" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2023, 14:29
25 iyun kuni Coca Cola Superligasi 13-turi doirasidagi "Neftchi" – "Navbahor" bahsi bo'lib o'tadi.

"Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan. Chiptalarni stadion kassalarida, shuningdek, Farg'ona shahri dehqon bozor avtoturargohi hamda kunning ikkinchi qismidan boshlab  "Ixlos" market yonidagi chorrahada joylashgan maxsus  kassalarda 20000, 25000 va 40000 so'mdan xarid qilish imkoniyatiga egasiz.

Bundan tashqari, Namangandan keladigan futbol muxlislari uchun suratda belgilangan sektor uchun chiptalar 23 iyun kunidan sotuvga chiqariladi", – deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati xabarida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати