

Farg'onaliklar 10 oktyabr tongida Farg'ona xalqaro aeroportidan Ar Riyodga to'g'ridan-to'g'ri charter reysi orqali yo'l olishdi.
Safar delegaciyasi tarkibidan futbolchilar, murabbiylar shtabi, rahbariyat hamda klub xodimlari o'rin olgan.
Shuningdek, jamoani qo'llab-quvvatlash maqsadida 100 nafarga yaqin fan-klub a'zolari va muxlislar ham farg'onaliklar bilan birga Ar-Riyodga yetib borishdi.
Saudiya Arabistoniga uchib ketgan futbolchilar: Ibrohim Shokirov, Botirali Ergashev, Akbar To'raev, Boyan Ciger, Muhsin Ubaydullaev, Ibrohim Halil Yo'ldoshev, Anvar G'ofurov, Farruh Sayfiev, Nurmuhammad Abdug'aniev, Koffi Frank Kuao, Xurshid G'iyosov, Rustambek Fomin, Fransisko Ferreyra (Jurani), Abrorbek Ismoilov, Vladimir Yovovich, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov, Ikromjon Aliboev, Asilbek Jumaev, Bilolxon Toshmirzaev, Stipe Perica, Zoran Marushich, Yan Sasse, Mishel Augusto, Markus Forss.
Eslatib o'tamiz, “Al Nassr” - “Neftchi” uchrashuvi 12 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:15da start oladi.



