Nazorat uchrashuvi. "G'allakor" - "Xorazm" 1:1

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014
Bugun G'allaorolda ham birinchi liganing ikki vakili o'rtasida sinov-nazorat bahsi bo'lib o'tdi.
Unda maydon egalari "G'allakor" Urganchning "Xorazm" jamoasini qabul qildi. Bugungi kunda har ikki jamoa safida bir qator yangi o'yinchilar shug'ullanayotgan tufayli ham murabbiylar o'yinda aralash tarkibni maydonga tushirgan.
Xorazm bugun mazkur uchrashuvdan so'ng Toshkentga yo'l oldi. Jamoa mart oyining so'nggiga qadar Geofizika qarorgohida yig'in o'tkazishni rejalashtirgan. Ushbu yig'in davomida urganchliklar tarkibiga bir qator taniqli o'yinchilar kelib qo'shilishi ko'zda tutilmoqda. Jamoa u yerda asosiy e'tiborni sinov-nazorat o'yinlarini tashkil etishga qaratadi.

"G'allakor" - "Xorazm" 1:1
Gollar:
Soli Xayrullaev - Jasur Otajonov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia