“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarilmoqda!

Narzulla Saydullayev
27 fev 2018, 15:45
Bahor faslining mart oyida futbol ishqibozlarini bir-biridan qiziqarli futbol uchrashuvlari kutib turibdi.

5 mart kuni Qarshi shahri yana bir Osiyo chempionlar ligasining uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bunda “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv, kelayotgan dushanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:30da boshlanadi.

Futbol shaydolari Qarshida, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi afsonasi Xavini orziqib kutishmoqda.

“Nasaf” PFK futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, uchrashuv chiptalarini odatdagidan ertaroq – 1 mart kunidan sotuvga chiqarmoqda.

Endi chiptalar tumanlar markazida, ko'chma chiptaxonalar orqali ham sotiladi.

 
Quyida ko'chma chiptaxonalarning ish jadvalini e'tiboringizga havola qilamiz.

1 mart (payshanba) kuni. Shahrisabz shahrida

2 mart (juma) kuni. Koson shahrida

3 mart (shanba) kuni. G'uzor shahrida

4 mart (yakshanba) kuni. Chiroqchi shahrida (tushgacha)

4 mart (yakshanba) kuni. Qamashi shahrida (tushdan keyin)

Ko'chma chiptaxonalar 10:00dan 16:00gacha ishlaydi.

Chiptaxona shaharning gavjum joyi – bozorlar hududida tashkil etiladi.

Uchrashuv chiptalari shuningdek Qarshi shahrida, “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali ham 1 mart (payshanba) kunidan sotila boshlanadi.


P.S. Yaqin vaqt ichida championat.asia saytida muxlislar o'rtasida 7ta chipta o'ynaladi. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz