"Napoli" "Atalanta" posbonini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
26 yanv 2023
"Atalanta" darvozaboni Perluiji Gollini "Napoli" bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi neapolliklar matbuot xizmati.

Tomonlar 8 million evroga sotib olish huquqini o'z ichiga olgan olti oy muddatli shartnoma tuzdi.

27 yoshli italiyalik futbolchi joriy mavsum "Atalanta" safida barcha musobaqalarda 9 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol o'tkazib yubordi va 4 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Napoli" 19 turdan keyin 50 ochko bilan Italiya chempionati jadvalida 1-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sscnapoli.it