

Avazbek Yunusboev boshchiligidagi faxriylar kengashi viloyatdan tashrif buyurgan 12ta jamoaning barchasiga birdek e'tiborda bo'ldilar. Taqdirlash marosimida "Navbahor" klubi yetakchisi Ilhom Boydadaev, bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov va klub raisi Nosir Sultonov ham ishtirok etdilar.
Shuningdek, turnirni tashkil etilishida klub akademiyasiga direktor etib tayinlangan Dilshod Aliev ham o'zining munosib xissasini qo'shdi.
Turnir davomida Namanganning bir qator futbolda iz qoldirgan insonlari Abdulla Jo'raboev, Yuriy Ten, G'ayrat Egamberdiev, Valentin Zaycev, Tohir Madrahimov, G'ulomjon Boydadaev, Lyan Nikolay, Normirza Soibnazarov, "Paxtakor 79" futbolchilari va Xafizxon G'ofurov xotirlandilar.
Festival ko'rinishida o'tgan musobaqada qo'yidagi jamoalar ishtirok etdilar:
"Navbahor"
"Norin"
"Odil Junior"
"Chust"
O'zBO'SM17
"Yangiqo'rg'on"
"Kosonsoy"
BO'SM1
"Navbahor-2006"
"Barkamol"
"Uchqo'rg'on"
"Chortoq"



















