Nagelsmann: “Mashina emas, insonligimizni ko'rsatdik”

Eldor Akmurzayev
30 okt 2021
“Bavariya” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Germaniya Kubogida “Borussiya M”ga uchralgan yirik mag'lubiyat haqida gapirdi.

“Bu faoliyatimdagi eng qayg'uli lahzalardan biri. Mashina emas, inson ekanligimizni ko'rsatdik. “Bavariya” Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri ekanligini yana va yana isbotlashi kerak”, deydi mutaxassis.

COVID-19 tufayli masofaviy ishlayotgan Nagelsmann shuningdek, Chempionlar Ligasi doirasidagi “Benfika"ga qarshi o'yinda jamoani shaxsan o'zi boshqarishi mumkinligini aytdi.

“Video – albatta bu yaxshi, lekin baribir ko'ngildagidek emas. Koronavirus davrida bolalar bilan ishlaydigan har qanday o'qituvchi buni tasdiqlaydi”, deb qo'shib qo'ygan "Bavariya" ustozi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sueddeutsche.de