"MYU" sobiq yarim himoyachisi "Partizan"da o'ynaydi

25 iyul 2013, 17:27
Chempionlar Ligasi 3-kvalifikacion raundi doirasida Bolgariyaning "Ludogorc" klubiga qarshi to'p suradigan Serbiyaning "Partizan" klubi o'z tarkibiga "Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Erik Jemba-Jembani qo'shib oldi.
Kamerunlik futbolchi dushanba kuni serb klubi bilan muzokaralarni boshlagan edi. Seshanbaga kelib esa u shartnomaga imzo chekdi. Shartnoma ikki yilga mo'ljallangan. Futbolchining so'nggi klubi Isroilning "Xapoel"i bo'lgan.

Manba: football.kulichki.net