MYU o'z himoyachisi bilan xayrlashadi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Manchester Yunayted" Markos Roxo bilan hayrlashadi.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, 29 yoshli argentinalik futbolchi Dubaydagi yig'in vaqtida jarohatlangan va Argentinaga jo'natib yuborilgan.

Uning xizmatlariga A Seriyaning bir qator jamoalari tomonidan qiziqishlar bor. Roxoning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph